
Toshkent va Samarqand o‘rtasida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi tezyurar temir yo‘l ikki shahar orasidagi safar vaqtini 1,5 soatgacha qisqartiradi. Bu haqda «Spot» nashri Transport vazirligining taqdimotiga tayanib xabar bermoqda.

Hind kinosining afsonaviy siymosi, “Zita va Gita”, “Gul va tosh”, “Qasos va qonun” va boshqa ko‘plab filmlardagi rollari bilan tanilgan aktyor Dharmendra 89 yoshida vafot etdi. Faxriy aktyor Mumbaydagi qarorgohida hayotdan ko‘z yumdi. Aktyor shu oy boshida nafas olish tizimiga oid asoratlar sababli Breach Candy kasalxonasiga yotqizilgan edi.

O‘zbekistonda 2026-yil 1-fevraldan “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligi oshirilib, Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga bir qator imtiyozlar beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Kanadalik aktyor va ssenariy muallifi Kalam Uorsi startap tashkil etib, sun’iy intellekt (SI) asosida marhumlarning raqamli nusxalarini yaratish va ular bilan muloqot qilish imkonini beruvchi 2wai ilovasini ishlab chiqdi. Bu haqda 14-noyabr kuni Britaniyaning Daily Mail gazetasi xabar berdi.