
O‘zbekiston Superligasi 30-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Sho‘rtan” uchrashuvi tarixiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabariga ko‘ra, mazkur bahsni ilk bor Superliga darajasida ayol hakam boshqaradi.

Jarrohlik amaliyotlari vaqtida tinchlantiruvchi instrumental musiqa eshitish bemorlarning og‘riq qoldiruvchi dorilar, xususan narkozga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, operatsiyadan keyingi tiklanishini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Bu haqda Hindistondagi Lok Nayak shifoxonasida o‘tkazilgan yangi tadqiqotga asoslanib, The Independent xabar berdi.

Saudiya Arabistoni ikkita yangi spirtli ichimliklar do‘konini ochishni rejalashtirmoqda. Ulardan biri Aramco davlat neft gigantida ishlaydigan musulmon bo‘lmagan xorijlik xodimlarga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda rejalar bilan tanish manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Joriy yilning 24-noyabrida qabul qilingan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, maxsus komissiya Toshkent shahrida qurilish uchun ajratilgan 500 m2 va undan ortiq maydonlarda quyidagi talablar asosida kompleks tekshiruvni amalga oshiradi:

Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi avlod odamsimon roboti mamlakat sharqidagi ikki yirik shahar — Suchjou va Shanxay orasidagi 106 kilometrdan ortiq masofani to‘xtamasdan bosib o‘tib, Ginnesning yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda China Daily Asia nashri xabar berdi.