
2022 yilda xorijdagi harbiy harakatlarda qatnashish bo‘yicha 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, 2023 yilda 68 ta, 2024 yilda 112 ta va 2025 yilda 139 ta holat qayd etilgan.

Samarqand shahrida 2025 yil 30 oktyabrdan 13 noyabrgacha bo‘lib o‘tgan BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) Bosh konferensiyasining qirq uchinchi sessiyasi doirasida delegatsiyalar O‘zbekiston xalqiga va hukumatga chuqur minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov xabar qildi.

Isroil hujumidan keyin G‘azodagi o‘likxonada tirik topilgan 12 yoshli Rag‘d al-Assar o‘z hikoyasi bilan bo‘lishdi. Qiz 2024-yilda “halok bo‘lgan” deb e’lon qilingan va sakkiz soat davomida morgda hushsiz yotgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Kembrij universitetining Seynsberi laboratoriyasi (SLCU) olimlari Shotlandiyada joylashgan Uinfild slanetslarida (tosh) 407 million yil avvalgi qadimiy zamburug‘ qoldig‘ini topdi. Bu haqdagi tadqiqot “New Phytologist” jurnalida e’lon qilindi.

So‘nggi 20 yil ichida butun dunyo bo‘ylab bolalar va o‘smirlar orasida yuqori qon bosimi (gipertoniya) holatlari deyarli ikki baravar ko‘paygan. Bu haqda Xitoydagi Chjeszyan universiteti olimi doktor Peyj Song The Lancet Child and Adolescent Health jurnalida chop etilgan tadqiqotda ma’lum qildi.

Tongni qahva bilan qarshi olish ko‘pchilik uchun odat tusiga aylangan. Ammo bu ichimlik charchoqni yo‘q qilmaydi, balki vaqtincha tetiklik beradi. Qahva ichishni tashlab, energiyani tabiiy yo‘llar bilan ham qaytarish mumkin. Quyida qahvadan voz kechish uchun bir nechta sabablar va uni nima bilan almashtirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi.

Buyuk Britaniya va AQSH olimlari sun’iy intellekt (SI)ga asoslangan robotlar borasida tadqiqot olib bordi. Natijalarga ko‘ra SI bilan ishlaydigan robotlar kundalik hayotda odamlarning shaxsiy foydalanishi uchun xavfli deb topildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Enso Fernandes “Real Madrid”ga o‘tishni istamayapti. Transfer News Live nashrining xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi “qaymoqranglilar”ning so‘nggi taklifiga ham qat’iyan rad javobini bergan.