
Hindistonning Madhya Pradesh shtati, Sagar shahrida yashovchi Sarvagya Singh Kushvaha atigi 3 yosh 7 oy 13 kunligida tarixdagi eng yosh FIDE Rapid reytingli shaxmatchi bo‘ldi. U 1572 reyting ochkosi bilan 2025-yil dekabr oyida e’lon qilingan FIDE rapid ro‘yxatiga kiritildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni Toshkentda transport boshqaruvini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish choralariga doir taqdimot bilan tanishdi.

Olimlar Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi asosida Marsdagi vaqt Yerga qaraganda o‘rtacha bir kunda 477 mikrosekundga tezroq o‘tishini aniqladi. Bu haqda The Astronomical Journal jurnalida chop etilgan tadqiqotga tayanib Space nashri xabar berdi.