
O‘zbekistonda yo‘nalishli avtobus va tibbiy yordam avtotransport vositalariga bosqichma-bosqich tashvish tugmalarini o‘rnatish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela hamda Kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.