20-01-2026 11:14

Milliy qurultoydagi nutqi davomida davlat rahbari ushbu lavozimning joriy etilishi bo‘yicha asosiy jihatlarga to‘xtaldi. To‘qayevning ta’kidlashicha, vitse-prezidentni bevosita prezident parlament roziligi bilan tayinlaydi. Kutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, vitse-prezident quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qisqartirishlar
“Vitse-prezidentning xizmat vazifalariga oid ushbu muhim qoidalar mamlakat Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topishi lozim”, dedi prezident.
Shu bilan birga, yangi lavozim joriy etilishi munosabati bilan amaldagi boshqaruv tizimida qator qisqartirishlar amalga oshiriladi. Xususan, davlat maslahatchisi lavozimi butunlay tugatiladi. Shuningdek, hozirgi parlament faoliyatini ta’minlovchi apparatning ayrim tuzilmalari ham tugatilishi ko‘zda tutilmoqda.
