
Avtomobilda bosib o‘tilgan yo‘lni o‘zgartirish yoki odometrni almashtirish to‘g‘risida xaridorlarni xabardor qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Xitoy hukumati boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilarining ruhiy salomatligini yaxshilash maqsadida ularning akademik bosimini kamaytirish, ekran vaqtini cheklash va har kuni 2 soat jismoniy mashqlarni majburiy qilish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Olimlarning ogohlantirishicha, agar global iqlim o‘zgarishi shu sur’atda davom etsa, insoniyat yaqin o‘n yilliklarda qahva, shokolad va vino kabi eng sevimli mahsulotlaridan ayrilishi mumkin. Ushbu mahsulotlar nafaqat kundalik hayotimizning bir qismi, balki ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotining ham asosi hisoblanadi. Ammo bunday o‘simliklar harorat, namlik va yog‘ingarchilikdagi eng kichik o‘zgarishlarga ham juda sezgir bo‘ladi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, “uch finjon qahvaga ikki piyola choy” nisbatida ichimlik iste’mol qilganlarning salomatligi a’lo darajada bo‘lishi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, oddiy ichimlik suvini muntazam ravishda iste’mol qiluvchilarning salomatlik ko‘rsatkichlari yuqori darajada bo‘lishi aniqlangan.

Visual Instruments kompaniyasi dunyoda birinchi marta Phantom nomli shaffof kompyuter monitori — innovatsion displeyni rasman taqdim etdi. Bu qurilma nafaqat futuristik dizayni, balki vizual texnologiyalarning yangi bosqichini boshlab bergani bilan ham e’tiborga loyiq.