
Hukumat qarori (715-son, 11.11.2025 y.) bilan “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar yer yuzidagi aholining yarmidan ko‘pi hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ular nafaqat muloqot va axborot almashish vositasi, balki ko‘plab insonlar uchun ish, o‘yin-kulgi va o‘zini ifoda etish maydoniga ham aylangan. Shu bilan birga, bu raqamli muhitning ta’siri yil sayin kuchayib bormoqda — ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, inson psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ham ortib borayotgani kuzatilmoqda.

Smartfon foydalanuvchilari orasida eng ko‘p tarqalgan savollardan biri — tezkor quvvatlash (fast charging) texnologiyasi batareyaga zarar yetkazadimi, yo‘qmi? Xitoylik YouTube blogerlar ushbu savolga ilmiy asoslangan javob topish maqsadida ikki yil davom etgan keng qamrovli tajriba o‘tkazishdi.

Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaga a’zo davlatlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya rahbari Gayane Umerovani mazkur nufuzli tuzilma Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining raisi etib sayladi.