
Buyuk Britaniyaning Angliya Raskin universiteti olimlari inson miyasi qanday qilib bolalikdagi xotiralarni qayta jonlantira olishini o‘rgandi. Tadqiqot natijalari Scientific Reports ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi Avstraliyadan London va Nyu-Yorkka qo‘nmasdan parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zining ulkan Sunrise loyihasini amalga oshirish yo‘lida hal qiluvchi qadamni tashladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Televizor ekraniga tikilib, ertakka berilib ketgan o‘sha sehrli his-tuyg‘uni eslaysizmi? Unda ajoyib malikalar, sehrlangan shahzodalar, sehrgar parilar, makkor o‘gay onalar, odamlar, otlar va sichqondan tortib kitobgacha - barcha narsalar gapirardi. U yerda mehr-muhabbat, ezgulik va adolat, albatta, g‘alaba qozonar edi.

Qozog‘iston hukumati va OpenAI kompaniyasi sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.

Buyuk Britaniya hukumati mamlakat bo‘ylab harakatlanayotgan yuzlab Xitoy elektr avtobuslarini tekshiruvdan o‘tkazadi. Bu haqda hukumat doiralaridagi manbalarga tayanib, Financial Times (FT) xabar berdi.

Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarni biologik faol qo‘shimchalarni «dori» sifatida taqdim etayotgan reklamalarga ishonmaslikka chaqirdi. Hozirga qadar qo‘mitaga ushbu mahsulotlar bo‘yicha 2 345 dan ortiq fuqarolik murojaatlari kelib tushgan.