
Toshkent shahrida 14–17-noyabr kunlari bir qator yirik xalqaro tadbirlar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi o‘tkazilishi sabab ayrim ko‘chalarda vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati qisman cheklanib, ular uchun aylanma harakat tashkil etiladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Hukumatning 11-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, tibbiyot muassasasiga mijoz rejali tibbiy yordam olish uchun tegishli yo‘llanmasiz, o‘z ixtiyori bilan murojaat qilganda, tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatiladi.

Kletchatka (o‘simlik tolasi) — tabiiy meva va sabzavotlardagi hazm bo‘lmaydigan qism bo‘lib, ichaklarni sog‘lom saqlashda muhim rol o‘ynaydi. U oshqozon va ingichka ichakda so‘rilmaydi, ammo aynan shu xususiyati uni ovqat hazm qilish tizimi va umuman organizm faoliyati uchun muhim moddaga aylantiradi.