
Saudiya Arabistoni ikkita yangi spirtli ichimliklar do‘konini ochishni rejalashtirmoqda. Ulardan biri Aramco davlat neft gigantida ishlaydigan musulmon bo‘lmagan xorijlik xodimlarga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda rejalar bilan tanish manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Hind kinosining afsonaviy siymosi, “Zita va Gita”, “Gul va tosh”, “Qasos va qonun” va boshqa ko‘plab filmlardagi rollari bilan tanilgan aktyor Dharmendra 89 yoshida vafot etdi. Faxriy aktyor Mumbaydagi qarorgohida hayotdan ko‘z yumdi. Aktyor shu oy boshida nafas olish tizimiga oid asoratlar sababli Breach Candy kasalxonasiga yotqizilgan edi.

Isroil hujumidan keyin G‘azodagi o‘likxonada tirik topilgan 12 yoshli Rag‘d al-Assar o‘z hikoyasi bilan bo‘lishdi. Qiz 2024-yilda “halok bo‘lgan” deb e’lon qilingan va sakkiz soat davomida morgda hushsiz yotgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Kembrij universitetining Seynsberi laboratoriyasi (SLCU) olimlari Shotlandiyada joylashgan Uinfild slanetslarida (tosh) 407 million yil avvalgi qadimiy zamburug‘ qoldig‘ini topdi. Bu haqdagi tadqiqot “New Phytologist” jurnalida e’lon qilindi.