
Xitoy hukumati boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilarining ruhiy salomatligini yaxshilash maqsadida ularning akademik bosimini kamaytirish, ekran vaqtini cheklash va har kuni 2 soat jismoniy mashqlarni majburiy qilish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Turkiyaning Erzurum viloyatidagi Pasinler tekisligida mehnat qiluvchi dehqonlar joriy yilda o‘ta yirik hajmdagi karamlar hosilini oldi. Uzoq yillik an’ana va ajdoddan avlodga qadar saqlanib kelgan urug‘lar hisobiga ayrim karamlarning og‘irligi 50 kilogrammdan oshdi. Mintaqaning unumdor yerlari va urug‘chilik tajribasi yaxshi natija olib keldi: dalalar bu mavsumda hosilga to‘ldi.