
Sudlanuvchi qizlarni o‘qib qo‘yish maqsadida ularning uyiga borgan va avval voyaga yetmagan qizning sonidan ushlab, shilqimlik qilganidan keyin ikkinchi qizning oyoq va qo‘llaridan ushlab, o‘pmoqchi bo‘lgan.

Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi timsohlarning vatani hisoblangan Fitzroy daryosi 2032 yilda Brisben shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida kanoe va baydarkada eshkak eshish musobaqalariga mezbonlik qilish uchun tanlab olindi. Bu haqda “The Australian” nashri xabar berdi.

Joriy yilning oktabr oyida Madaniy meros agentligi huzuridagi Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti Tosh davri bo‘limi xodimlari Aziz Imomov va Fozilbek Tursunqulovlar tomonidan Shimoliy Nurota tog‘larida joylashgan Ko‘ktonli neolit yodgorligida qazishma ishlari amalga oshirildi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori (PQ-309-son, 20.10.2025 y.) qabul qilindi.