
Dunyoda eng yirik imitatsion kosmik dastur — The World’s Biggest Analog Mission (WBA) ishga tushirildi: u Oy va Marsda yashash hamda ishlashni tarixdagi eng keng ko‘lamli simulyatsiyasiga aylandi. Loyiha Avstriya kosmik forumi (OeWF) tomonidan muvofiqlashtiriladi va besh qit’adan 17 ta tashkilotni birlashtirib, kelajakdagi ekzoposyolkalarning kundalik hayoti va tadqiqot faoliyatini qayta yaratadi.

AQSH Isroil G‘arbiy sohilning bir qismini anneksiya qilishiga rozi emas. «Bu amalga oshmaydi, chunki men arab mamlakatlariga so‘z berganman», dedi Donald Tramp. Vitse-prezident J. D. Vens esa Isroil parlamentidagi ramziy ovoz berishni «juda ahmoqona siyosiy hiyla» deb atadi.

Prezidentning “Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–313-son, 21.10.2025 y.) qabul qilindi.