
Ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy gaz bosimini sun’iy oshirish maqsadida «gaz nasosi» qurilmalarini o‘rnatish targ‘ib etilmoqda. Hukumat qarori bilan, bunday qurilmalarni gaz tarmoqlariga ulash qat’iyan taqiqlangan.

Eurostar temir yo‘l kompaniyasi 2 milliard yevrolik yangi reja e’lon qildi. Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Germaniyani bog‘lovchi La-Mansh tunnelida ikki qavatli poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Xitoylik olimlar Oyning Yerga qarama-qarshi tomonidan olingan tuproq namunalarida noyob meteorit moddalari — karbon xondrit elementlarini aniqladi. Bu haqda Guanchjoudagi Geokimyo instituti tadqiqotchilari PNAS (AQSH Milliy fanlar akademiyasi materiallari) jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qildi.