
2025 yilning birinchi yarmida Eronda amalga oshirilgan qatl jazolari soni 2024 yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga oshdi. BMT Inson huquqlari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri kamida 612 kishi qatl etilgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yangi qonunni imzolab, 60 yoshdan oshgan fuqarolarga harbiy holat paytida armiyaga ixtiyoriy ravishda qo‘shilish imkonini yaratdi. Bu Ukraina armiyasidagi kadr tanqisligini bartaraf etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Buyuk Britaniya agar Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazib berishni to‘xtatishda davom etsa va anklavdagi harbiy operatsiyani tugatmasa, sentyabrda BMT Bosh assambleyasi sessiyasi boshlanishidan oldin Falastin davlatini tan olishga tayyor. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer devonxonasi bayonotida ma`lum qilindi.

AppStore’da Twitter asoschisi Jek Dorsi tomonidan yaratilgan Bitchat Mesh messenjeri paydo bo‘ldi. Ilovaning o‘ziga xosligi shundaki, u internetga bog‘liq bo‘lmay, foydalanuvchilar o‘rtasidagi aloqa faqat Bluetooth orqali amalga oshiriladi.