
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroildan G‘azo sektorida insonparvarlik inqirozining oldini olish uchun falastinliklarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni talab qildi. U AQSH ham bu borada katta yordam ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Apple kompaniyasi ChatGPT’ga raqobatchi yaratish ustida ishlaydigan jamoaga muhandislarni faol jalb etishni boshladi. Bu qadam Siri ishlab chiquvchilari jamoasini keng ko‘lamli qayta tashkil etishning bir qismi bo‘lib, kompaniyaning ovozli yordamchisi va boshqa sun’iy intellekt xizmatlarining imkoniyatlarini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda MacRumors nashri xabar berdi.