
Janubiy Koreya hukumati 31-iyul kuni o‘z fuqarolariga shimoliy koreyaliklar bilan ruxsatsiz bemalol muloqot qilish imkonini taqdim etdi. Buning uchun aholi hukumatni oldindan xabardor qilishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Shimoliy Koreya mamlakat rahbarining AQSH prezidenti Donald Tramp bilan yangi uchrashuvi faqat bir shart bilan — Vashington KXDRni rasman yadroviy davlat sifatida tan olsagina amalga oshishi mumkin. Bu haqda Shimoliy Koreya rahbarining singlisi va Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim direktor o‘rinbosari Kim Yo Chjon ma’lum qilgan.

29–30 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Federal zaxira tizimi asosiy foiz stavkasini 4,25–4,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Bu qaror oxirgi beshinchi marta takrorlanmoqda va u iqtisodiy o‘sishga qaramay, siyosiy bosimlar qarshisida FZT mustaqilligini saqlayotganini ko‘rsatadi.