
Rossiya Davlat dumasi deputatlari «Spravedlivaya Rossiya – Za pravdu» partiyasi tomonidan migrantlarga nisbatan yangi cheklovlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyihaga ko‘ra, og‘ir va ayniqsa og‘ir jinoyat sodir etgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi yo‘q shaxslarga mamlakatga umrbod kirish taqiqlanadi.

Hindiston AQSH va Yevropa ittifoqi bosimi ostida Rossiya neft importini to‘xtatadigan bo‘lsa, mamlakat yiliga 9–11 milliard dollar atrofida iqtisodiy zarar ko‘rishi mumkin. Bu haqda Kpler tahlil markazi hisobotiga tayanib, The Economic Times xabar berdi.

Ikki yadroviy suv osti kemasi allaqachon “bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda”, dedi Tramp Dmitriy Medvedev bilan bo‘lib o‘tgan “masofaviy muloqot” fonida buyruq berilganidan bir necha kun o‘tib.

AQSH prezidenti 2025 yil sentyabridan boshlab Oq uyda yangi va shohona ballar zali qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha umumiy qiymati 200 million dollarga baholangan va xususiy xayriyalar hisobiga moliyalashtiriladi.