
Isroilning xavfsizlik sohasida faoliyat yuritgan 600 ga yaqin sobiq amaldori, jumladan Mossad va Shin Bet tashkilotlari, armiya hamda diplomatik korpusning sobiq rahbarlari AQSH prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, G‘azodagi urushni to‘xtatish uchun Isroil hukumatiga bosim o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda BBC xabar berdi.

O‘zbekiston AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi va AQSH Paxta assotsiatsiyasi bilan Amerika paxtasini importi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu kelishuvlar AQSHning GSM-102 dasturi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda, u orqali importchi davlatlar uchun eksport kreditlari kafolatlanadi.

Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025 yil 10 avgustga qadar uzaytirildi.

O‘zbekistonda iyul oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori birinchi marta 1,2 mlrd kWh’dan oshdi. Bu umumiy generatsiyaning 17 foizini tashkil etib, milliy energetikada yangi rekord sifatida qayd etildi.