
O‘zbekistonda 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-sentyabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqotda ma’lum qildi.

O‘zbekistonda maktabdagi yakuniy imtihonlarda endi xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar ham tan olinadi. Bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident qarori (PQ–275-son) bilan «Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat agentlikning maqomi, vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilab berdi.