
Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) tadqiqotiga ko‘ra, Yerning ozon qatlami tiklanmoqda. Olimlar 2024-yilda stratosfera ozonining umumiy darajasi avvalgi yillarga nisbatan yuqori bo‘lganini aniqladi. Antarktida ustidagi ozon tuynugi ham avvalgidek keng emas edi.

Transport vositalarini ekologik sertifikatlash tartibiga o‘zgarish kiritildi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 19-sentyabrdagi 597-son qarori bilan respublikaga olib kirilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimi takomillashtirildi.

Hindistonning Kerala shtatida suv orqali yuqadigan “miyani yeydigan” amyoba sabab kasallanish va o‘lim holatlari 2024-yilga nisbatan ikki baravar oshdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Bugun, 19-sentyabr kuni Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlari yaqinidagi Tinch okeani akvatoriyasida 7,2 magnitudalik zilzila sodir bo‘ldi. Petropavlovsk-Kamchatsk va Vilyuchinskda yer silkinishi 7 ballgacha sezilgan. Sunami xavfi e’lon qilindi.