
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an turkiy davlatlar fuqarolarining ishga joylashishi jarayonini soddalashtiruvchi farmonni imzoladi. Hujjat 10-oktyabr kuni Resmî Gazete rasmiy gazetasida chop etildi.

2026-yil 1-martdan e’tiboran, markirovkalangan tovarlar (dori vositalari, salqin ichimliklar va boshqalar)ning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning sotuvi do‘kon (dorixona) kassasida to‘xtatib qolinadi: tovarni nazorat-kassa mashinasidan o‘tkazib bo‘lmaydi. Bu holatda tizim yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotni avtomatik aniqlab, chek shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi.