
Bugun, 3-noyabr kuni Doha shahrida 2025-yilgi U-17 Jahon chempionati start oladi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatlarida 4-bor ishtirok etmoqda. “Oq bo‘rilar” 2011 (Meksika) va 2023-yilgi (Indoneziya) musobaqada chorak finalga qadar yetib borgan. 2013-yil Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan mundialda esa 1/8 final bosqichida ishtirokini yakunlagan.

Syurixdagi Shveytsariya oliy texnika maktabining Mynerva sho‘ba korxonasi besh yil davom etgan tadqiqotlar natijasida Leia nomli innovatsion tibbiy paypoqlarni ishlab chiqishni yakunladi. Ushbu qurilma diabetik neyropatiya bilan og‘rigan bemorlarda elektr neyrostimulyatsiya yordamida oyoq sezgirligini tiklashga mo‘ljallangan.

Marhabo ismli to‘qqiz yoshli, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan qizning hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. U bir paytlar ko‘chada yashab, tilanchilik qilib, kun kechirgan bo‘lsa, bugun u professional model, ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylangan.

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.