
Oltinsoy tumanida ichida 19 yoshdagi besh nafar yigit bo‘lgan Gentra beton to‘siqqa urildi. Oqibatda mashinadagi to‘rt yo‘lovchi vafot etdi. Tirik qolgan haydovchining hujjati bo‘lmagan, avtomobil egasi mashinani unga yuvib kelishi uchun bergan.

2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘llari qurilishi bir yilga kechiktirildi. Yangi reja bo‘yicha qurilish 2026 yilda boshlanadi va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etiladi.