
Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025 yil 10 avgustga qadar uzaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 4-5 avgust kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

O‘zbekiston 2013-yil 25-oktyabrda Minsk shahrida imzolangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga rasman qo‘shildi. Bu haqda Prezidentning 2025-yil 30-iyuldagi PQ-240-sonli qarorida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston hukumati va Sea Breeze Uzbekistan o‘rtasida tayyorlanayotgan investitsiya shartnomasiga ko‘ra, kompaniya ichimlik suvi manbalariga hech qanday kanalizatsiya va oqova suvlarni oqiza olmaydi. Bu qaror ekologiya xavflariga qarshi qattiq chora sifatida qabul qilinmoqda.