
17-sentyabr kuni Namangan shahrida o‘tayotgan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 16-sentyabr kuni Namangan viloyatiga keldi. Hududdagi bunyodkorlik sur’ati shahar darvozasi – aeroportdanoq ko‘zga tashlanadi. Bu yerda 140 million dollar investitsiya hisobiga yangi terminallar barpo etilmoqda.