
Veolia Energy Tashkent ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 2–15 oktyabr kunlari Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasi 325 mm diametrli va umumiy uzunligi 1000 metr bo‘lgan issiqlik tarmoqlarini almashtirish ishlari munosabati bilan yopiladi.

Toshkent shahridagi 400 mingdan ortiq daraxt yashil maydonlar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan green.tashkent.uz onlayn platformasi elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Moped va skuter haydovchilari uchun haydovchilik guvohnomasi majburiy etilishi, chiroyli avtoraqamlarni birja orqali sotish bekor qilinishi, subsidiya va grantlarni ijtimoiy karta orqali taqdim etish — qonunchilikdagi ana shunday qator o‘zgarishlar kelasi oydan amal qila boshlaydi.