
AQSHning Montana shtatida yashovchi 24 yoshli Markus Klevin hushini yo‘qotgan haydovchi boshqaruvidagi avtomobilni vaqtida to‘xtatib, uning hayotini saqlab qoldi. Hodisa Bozeman shahridagi avtoturargoh yaqinida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

Nyu York markazida 2015-yilda qurilgan 102 qavatli osmono‘par bino nuray boshladi. Binoning tashqi fasadida ko‘plab yoriqlar va bo‘shliqlar paydo bo‘lgan, ichkarida esa vaqti-vaqti bilan liftlar buzilib, suv sizib chiqmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Buyuk Britaniyada ko‘zi ojiz odamlarning ko‘z nurini tiklash maqsadida yangi kashfiyot qilindi. Unda klinik sinov o‘tkazilib, odam sochidan ham yupqa bo‘lgan elektron chip ko‘zi ojiz odamga o‘rnatildi. Natijada 38 nafar keksa bemor qayta ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

Iroq milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Qosim al-A’rajiy Iroq o‘z yerlari yoki havo hududidan Eron yoki boshqa qo‘shni davlatlarga tahdid qilish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan.