
AQSH prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmog‘ida yozishicha, Coca Cola o‘z mahsulotining tarkibini o‘zgartirishga rozi bo‘lgan. Endi ichimlik tayyorlashda yuqori fruktozali makkajo‘xori siropi o‘rniga haqiqiy shakarqamishdan olingan shakar ishlatiladi.

Bugun, 24-iyul kuni ertalab Kambodja va Tailand o‘rtasidagi bahsli Ta Moan Tom ibodantxonasi yaqinida, Bangkokdan 360 km sharqda joylashgan chegara hududida to‘qnashuvlar boshlandi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Rossiya chegarachilari so‘nngi paytlarda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini radikal diniy kanallarga obuna bo‘lgani uchun mamlakatga kiritishdan bosh tortmoqda. Bu holat TASS agentligi o‘rgangan 20 dan ziyod sud materiallarida qayd etilgan.

Telegram asoschisi platformadagi raqamli aktivlar bilan bog‘liq firibgarlik va shantaj holatlariga qarshi kurashni kuchaytirishni ma’lum qildi. U foydalanuvchilarni bunday holatlar to‘g‘risida shaxsan o‘ziga xabar berishga chaqirdi.