
2025-yilning I yarmida O‘zbekiston iqtisodiyotida barqaror o‘sish kuzatildi. Biroq, aholi real daromadlarining o‘sishi va sanoatdagi sur’atlar pasayishi iqtisodiy manzarani to‘liq bir xil emasligini ko‘rsatmoqda.

Qirg‘izistonda aholi jon boshiga daromadlar oxirgi 3-yilda 85 foizga oshib, 2 500 dollarga yetgan. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevga ko‘ra, bu o‘sish tendensiyasi saqlanib qoladigan bo‘lsa, qo‘shni respublika 2027-yilga borib jon boshiga daromadlar bo‘yicha O‘zbekistondan o‘tib ketadi. 2030-yilga borib, o‘rtacha qirg‘izistonlik o‘rtacha o‘zbekistonlikdan 1,5 baravarga boyroq bo‘lishi mumkin.