2026. 27-Yanvar. Seshanba
O‘zbekistonda noyabr oyida iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 foizga qimmatlashdi, yillik inflyatsiya sur’ati esa 7,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan pasaygani qayd etildi.
Adliya vazirligi «Ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
O‘zbekiston sement eksportida asosiy xaridorlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Tojikiston davlatlari bo‘ldi.
Soliq qo‘mitasi 2025-yilning 9 oyida qurilish korxonalari qancha soliq to‘laganini ma’lum qildi.
Dunyoda mol go‘shti narxi tarixiy cho‘qqiga chiqib, birinchi marta bir kilogramm uchun 7 dollardan oshdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
"Kredit-axborot tahliliy markazi" ("KATM") kredit byurosining jismoniy shaxslar uchun taklif etayotgan "Kreditga taqiq" xizmatiga qiziqish tez sur’atlarda o‘sib bormoqda.
2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, elektron xarid dalolatnomalari orqali umumiy ovqatlanish va eksport kompaniyalari jismoniy shaxslardan jami 5 trln so‘mga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib oldi.
O‘zbekiston mahsulotlari uchun Afrika bozorlariga yo‘l ochiladi. O‘zbekiston diplomatlari Misr–Afrika tadbirkorlari uyushmasi (YEAVA) rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.
Hukumat qarori (522-son, 20.08.2025 y.) bilan “Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Farg‘onada huquq-tartibot organlari tomonidan 315 mln so‘m va 120 ming dollardagi qalbaki kupyuralar muomalasiga chek qo‘yildi.