
Bugun, 3-noyabr kuni Doha shahrida 2025-yilgi U-17 Jahon chempionati start oladi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatlarida 4-bor ishtirok etmoqda. “Oq bo‘rilar” 2011 (Meksika) va 2023-yilgi (Indoneziya) musobaqada chorak finalga qadar yetib borgan. 2013-yil Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan mundialda esa 1/8 final bosqichida ishtirokini yakunlagan.

AQSHning MLS ligasi assotsiatsiyasi 2025-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra liga futbolchilarining maoshlar reytingini e’lon qildi. Eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingida “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi yetakchilikni qilmoqda. Hozirda uning yillik daromadi 20,4 million dollarni tashkil etadi.

“Aston Villa” va “Arsenal”ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda Meksikaning “Pumas” jamoasida to‘p surayotgan Aaron Remsi yo‘qolgan iti haqida ma’lumot bergan kishiga 20 ming dollar mukofot va’da qildi.

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “PSJ” yarim himoyachisi Joau Neveshni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Fichajes nashrining xabar berishicha, “shaharliklar” rahbariyati portugaliyalik futbolchi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor.

“Real Madrid” yarim himoyachisi Vinisius Juniorning kelajagi Ispaniyada eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi. “Barselona”ga qarshi o‘yinda braziliyalik futbolchi almashtirilganidan so‘ng bosh murabbiy Xabi Alonso bilan tortishib qolgan. Bu harakat ispaniyalik mutaxassis hamda klub rahbariyatini ranjitgan.

World Boxing xalqaro tashkiloti o‘zining yangilangan rasmiy reytingini e’lon qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy natijalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan, Qozog‘iston esa ikkinchi pog‘onadan joy oldi.