
24 iyul kuni Toshkent shahridagi Chilonzor, Yakkasaroy, Mirobod va Yashnobod tumanlarida elektr ta’minotida majburiy cheklovlar joriy etildi. Bu chora «HET» kompaniyasi tomonidan ortiqcha yuklanishni oldini olish maqsadida amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.

Yurtimizda aholi dam olish maskanlarini zamonaviy shaklda barpo etish, ayni yo‘nalishni rivojlantirish uchun o‘z loyihalarini taqdim etayotgan mahalliy va xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.