2026. 29-Yanvar. Payshanba
Ombudsman tashabbusi bilan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati to‘xtatildi.
QR-kodli pasport qurilish obyekti hududiy inspeksiyalarda ro‘yxatdan o‘tgan kunda buyurtmachi tomonidan obyektning kirish qismiga yoki barcha uchun ko‘rinadigan joyda majburiy tartibda o‘rnatiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.
Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori, tarixchi Azamat Ziyo “Davra” podkastida “Otamdan qolgan dalalar” filmi nega efirga uzatilmay qolganiga oydinlik kiritdi.
Progressiv islohotlar markazi e’lon qilgan O‘zbekiston hududlari rivojlanish reytingining 2024-yil yakuniy natijalarida Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari kuchli uchlikka kirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasida xususiy tibbiyotni qo‘llab-quvvatlash va sifatli xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni e’lon qildi.
2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqotida mamlakatda elektron to‘lov tizimini yanada qulay qilish va soliq yukini kamaytirishga oid muhim yangiliklar e’lon qilindi.
Bugungi kunga qadar konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega bo‘lgan 1 954 nafar xonandalar daromadlari to‘g‘risida soliq deklaratsiyasini taqdim etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ijtimoiy profilaktika obyektlari, ayniqsa, janjalkash va nizoli oilalar holidan majburiy ravishda kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.