
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori (PQ-309-son, 20.10.2025 y.) qabul qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev IT-parkka tashrif chog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini mamlakatimiz vazirlik va idoralari faoliyatiga hamda boshqa sohalarga keng tatbiq etishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zbekistonda 2026-yilda superkompyuterlar xarid qilish uchun mablag‘lar ikki karraga oshiriladi. Bu haqda 21-oktyabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

«Biz 2030-yilga borib, sun’iy intellekt bo‘yicha «TOP-50» ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, «Sun’iy intellekt alyansi»ni tashkil qilamiz», – deya ta’kidladi Prezidentimiz.

So‘nggi yillarda barcha vazirlik va idoralarda ish jarayonlari va ma’lumotlarni raqamlashtirish bo‘yicha ancha ish qilindi. Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari o‘rtasida inson omilisiz ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.