
The New York Times gazetasining manbalarga tayanib xabar berishicha, Eron oliy rahbari Oyatulloh Xumayniy agar AQSh yoki Isroil o‘zini o‘ldirsa, o‘rniga tayinlanadigan uch nafar nomzodni tanladi. Oliy rahbarni tayinlash uchun mas’ul bo‘lgan Ekspertlar assambleyasiga vorisni tezkor tanlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Pokiston hukumati AQSH prezidenti Donald Trampni 2026 yil uchun Nobel tinchlik mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatgan. Bu qaror Trampning Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskin harbiy mojaroni diplomatik yoʻl bilan yumshatishdagi hal qiluvchi oʻrnini eʼtirof etish asosida qabul qilingan.

Economist Intelligence Unitʼga ko‘ra, Daniya poytaxti Kopengagen yashash uchun eng qulay shahar deb topilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Vena va Tsyurix. Oxirgi o‘rinni Suriyaning Damashq shahri egallagan. Toshkent ham reytingning quyi pog‘onalarida qayd etilgan.