30-10-2025 10:14

Samsung hamjamiyati forumida Cheoeuijan-ah taxallusi ostidagi foydalanuvchi xabar berishicha, telefon uning qo‘lida qiziy boshlagan va g‘alati ovozlar chiqargan.
Qo‘rqib ketgan erkak qurilmani polga tashlab yuborgan va u alangalanib ketgan. E’lon qilingan fotosuratlarga qaraganda, smartfon ichkaridan butunlay yonib ketgan, batareya esa tom ma’noda orqa panelni tashqariga itarib yuborgan. Egasi barmoqlarining birinchi darajali kuyishini olgan, ammo uning so‘zlariga ko‘ra, g‘ilof (chexol) zararni kamaytirishga yordam bergan.
Jabrlanuvchi Samsung servis markaziga murojaat qilgan, u yerda tekshiruv o‘tkazilgan, ammo yonishning aniq sababini aniqlash imkoni bo‘lmagan. Shunga qaramay, kompaniya unga yonib ketgan smartfonning pulini qaytarib bergan.
Foydalanuvchi Galaxy S25+ modellarining o‘z-o‘zidan yonib ketishining kamida to‘rtta shunga o‘xshash holatlari haqida eshitganini ta’kidladi.
O‘n yil oldin kompaniya allaqachon Galaxy Note 7 bilan bog‘liq shunga o‘xshash janjalni boshidan kechirgan edi, uning yonish muammosi tufayli Samsung kamida bir milliard dollar yo‘qotgandi.
