11-02-2026 11:44

Uchrashuv davomida hudud tadbirkorlarini qiynayotgan bank-moliya sohasi bilan bog‘liq dolzarb masalalar, moliyaviy xizmatlardan foydalanishda uchrayotgan ayrim kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va yechimlar muhokama qilindi.
Ochiq muloqot formatida tashkil etilgan uchrashuv tadbirkorlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr almashish maydoniga aylandi. Unda amaldagi bank xizmatlari, kreditlash jarayonlari, hisob-kitob va to‘lov tizimlari, shuningdek, moliyaviy instrumentlardan foydalanish bo‘yicha aniq savollar ko‘tarildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va masalalar tegishli tartibda o‘rganilib, ularning ijobiy yechimi bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.
