03-02-2026 12:25

Nizomga ko‘ra, Individual rejani ishlab chiqish mazkur oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Oila Reyestrga kiritilgandan so‘ng 3 ish kuni ichida oila yashaydigan mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali, ijtimoiy xodim tomonidan axborot moduli orqali individual reja ishlab chiqiladi.
Individual reja oilaning imkoniyatlari, ko‘nikmalari, qiziqishlari, fikri, yashash sharoiti hamda Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizasida ko‘rsatilgan xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olingan holda ishlab chiqiladi.
Individual rejada oilaga taqdim etiladigan qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlar, ularni taqdim etish tartibi, muddati va ularga mas’ul davlat organi ko‘rsatiladi.
Individual rejada xizmatlar shakllantirilgandan so‘ng u oilaning muomalaga layoqatli a’zosiga tanishtiriladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan individual reja 2 ish kunida ko‘rib chiqilib, oddiy ko‘pchilikning ovoziga asosan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Individual rejalarning ijrosi hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan har 3 oyda kamida 1 marta o‘rganib boriladi.
