28-01-2026 09:57

2024-yilda taqdim etilgan birinchi prototiplar faqat qo‘lda boshqariladigan kontroller orqali ishlardi, bu esa biroz noqulaylik tug‘dirgan edi. Obunachilarining iltimoslarini inobatga olib, Jon kuzatuv tizimini ham qo‘shdi: endi soyabon foydalanuvchining boshidan bir necha metr balandlikda muallaq turib, uni avtomatik ravishda kuzatib boradi.
Buning uchun qurilmada kameralar, LiDAR-sensorlar va Raspberry Pi mini kompyuteri ishlatiladi, bu esa dronga nishonni aniqlash va uning tepasida barqaror ketish imkonini beradi.
Muhandis o‘z videolarida loyiha hali mukammal emasligini va ishlab chiqarishga tayyor emasligini ham aytib o‘tdi. Shunga qaramay, uchar soyabon g‘oyasining kelajagi porloq bo‘lishiga umidlar katta: video allaqachon 800 000 dan ortiq tomosha qilingan va deyarli 2 000 ta izoh to‘plagan.
Jon Sze shunday deydi:
“Bu loyiha juda yaxshi chiqdi, desam yolg‘on gapirgan bo‘laman, lekin u bizga quvonch keltirmadi desam ham yolg‘on gapirgan bo‘laman”.
Jon Sze — texnologiyalarga qiziqadigan muhandis va YouTube blogerdir. U I Build Stuff kanali orqali noodatiy gadjetlar va eksperimental ixtirolarini namoyish qiladi. Jon avval Lego orqali ishlaydigan robotlar, sun’iy yo‘ldoshlar va boshqa g‘ayrioddiy qurilmalarni yaratgan. Uning asosiy maqsadi kundalik hayotdagi muammolarni texnologiya orqali yechish va tomoshabinlarga innovatsion g‘oyalarni taqdim etishdir.
