01-12-2025 08:13

Obyektlari o‘ta muhim va toifalangan obyektlar bo‘lgan vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga ularni qo‘shimcha himoya qilish choralarini ko‘rish topshirildi.
Prezident qarorida 2026-yil oxirigacha qo‘riqlanadigan obyektlarni uchuvchisiz uchish apparatlari va uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurashish vositalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash ko‘zda tutilgan.
2026-yil 1-yanvardan boshlab qo‘riqlanadigan obyektlar - banklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa muassasalarda fuqarolarning kirish-chiqish joylarida shaxsni tanib olish funksiyasi bilan jihozlangan vositalar bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.
Mazkur qurilmalar vazirlikning "Xavfsiz shahar" tizimlarini rivojlantirish markazi" davlat muassasasining axborot ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinadi.
